09:34 / 17.07.2017
20957

Foto: Chilida qahraton qish va kuchli qor

Foto: Skynews

Chili poytaxti Santyago shahrida kuchli qor yog‘di. So‘nggi bor bu darajadagi qor 2007 yilda kuzatilgani aytilmoqda.

Kuchli shamol va yog‘ingarchilik tufayli 200 mingdan ortiq kishi elektr quvvatisiz qoldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bir inson halok bo‘ldi, ikki kishi jarohat oldi. Santyagoda bir necha ko‘chalar yopib qo‘yildi, barcha yo‘l texnikasi tozalash ishlariga jalb etilgan.

Chilida iyul oyida eng sovuq ob-havo kuzatiladi, biroq, odatda harorat nol darajadan pastga tushmaydi. Kuchli qor tufayli futbol bo‘yicha Chili kubogining bir necha uchrashuvi ham bekor qilingan.

Foto: EPA
Foto: Getty images

 

Mavzuga oid
Top