09:54 / 17.07.2017
4185

Xitoy janubi-g‘arbida zilzila yuz berdi

Xitoy janubi-g‘arbidagi Sichuan viloyatida 4,9 magnitudali zilzila yuz berdi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar qilmoqda.

Yer silkinishlari Tsinchuan uyezdida qayd etilgan. Zilzila o‘chog‘i 21 kilometrlik yer tubida bo‘lgani aytilmoqda.

Hozircha vayronagarchiliklar va halok bo‘lganlar haqida ma'lumot yo‘q.

Avvalroq Indoneziya va Shimoliy Koreya ham zilzilalar yuz bergani haqida xabar qilingandi.

Top