13:30 / 17.07.2017
12447

Qirg‘iziston MSK 29 kishidan prezidentlikka nomzod sifatidagi arizasini qabul qildi

Qirg‘iziston Markaziy Saylov komissiyasiga 29 nafar fuqarodan mamlakat prezidentligi uchun nomzodi ilgari surilgan arizalar qabul qilingan. Bu haqda TASS agentligi mamlakat MSKga asoslanib xabar qilmoqda. 

"So‘nggi ariza Arslanbek Maliyevdan olindi", -deyiladi xabarda. Bu nomzod avvalroq respublika milliy parlamenti deputati ham bo‘lgan. "Besh kishi partiyalar s'yezdlari vaqtida ilgari surilgan, qolganlari mustaqil nomzodlardir", - deya bayonot bergan MSK. 

Partiyalar tomonidan hozirgi bosh vazir Sooronboy Jeenbekov, sobiq bosh vazir Temir Sariyev, sobiq spiker Adaxan Madumarov, parlament fraksiyasi yetakchisi Bakit Toroboyev va sobiq ombudsmen Tursunbek Akun nomzodlari ilgari surildi.

Umuman, nomzodlarni ilgari surish avgust oyiga qadar davom etadi. Davlat rahbarligi uchun saylovlar 15 oktabrda bo‘lib o‘tadi. Respublikaning amaldagi prezidenti Almazbek Atambayev unda ishtirok etmaydi, chunki mamlakat qonunchiligi fuqarolarga bir marta 6 yillik prezident lavozimini egallaganidan keyin ikkinchi muddatga saylanishni taqiqlaydi. 

Top