Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyaning AQShdagi diplomatik mulkini hibsga olish bilan bog'liq jarayonni "kunduzgi o'g'rilik"ka qiyosladi.

Avvalroq, Oq uyning yuqori lavozimli mulozimi RIA Novosti bilan suhbatda bu borada Vashington pozitsiyasini bildirgan edi. Uning aytishicha,Oq uy Rossiya diplomatik mulkini "biror narsa evaziga" qaytarish niyatida.

"Manba maxfiy? Demak, u ularning vijdoni toza emasligini tushunadi. Bu xabarning o'ziga to'xtaladigan bo'lsak, bu kunduzi sodir etilgan o'g'rilikka o'xshaydi. Katta yo'l yoqasidagi banditlar, aytish mumkinki, bu vaziyatni izohlamoqda. Ikki tomonlama hukumatlararo hujjat bilan ratifikatsiya orqali mustahkamlab qo'yilgan mulkni qanday qilib olib qo'yish mumkin? Uni qaytarish uchun esa "meniki, bu meniki, senikini taqsimlaymiz" qoidasini ishga solish", — degan Lavrov jurnalistlarga.

Shu bilan bir vaqtda, Rossiya TIV rahbari Donald Tramp ma`muriyatida "sog'lom fikrlaydigan kishilar" borligiga ishonch bildirib, ular "diplomatik mulkni hibsga olish va 35 nafar diplomatni oilalari bilan mamlakatdan chiqarib yuborish qarori — Obama ma`muriyati tomonidan o'lim talvasasi chog'ida chiqarilgan"ini yaxshi anglashadi", degan fikrni bildirgan. 

Uning so'zlariga ko'ra, Obama ma`muriyati o'sha vaqtda "Tramp ma`muriyati tiklay olmasligi uchun Rossiyaning Vashington bilan aloqalarini qanday qilib vayron qilishni bilmagan edi".