14:35 / 17.07.2017
12977

Oshqozonosti bezi saratonini erta bosqichda aniqlash usuli topildi

Amerikalik olimlar oshqozonosti bezi saratonini boshlang‘ich davrda aniqlash imkonini beruvchi biomarkerni topishdi. Tadqiqot Science Translational Medicine jurnalida e'lon qilingan.

Kerakli biomarkerlar mualliflardan biri tomonidan 2013 yilda ishlab chiqilgan model yordamida topilgan. Olimlar avvaliga bemor hujayralari asosida hujayralar chizig‘ini yaratishdi. Shundan so‘ng rivojlanishning kech davridagi saraton hujayralari tanachalarda qayta dasturlandi, bu saratonning rivojlanish jarayonini qaytadan ishga tushirish va qanday biomarkerlar xastalikning qaysi bosqichiga tegishli ekanini aniqlashda ko‘mak berdi.

Tadqiqotchilar 746 ta namunani o‘rganib, biomarkerlardagi erta tashxis uchun eng yaxshi nomzod - Trombospondin-2 (THBS2) oqsili ekaniga ishonch hosil qildilar. Tadqiqot mualliflarining taxminicha, qondagi oshqozonosti bezi saratonining kech bosqichlaridagi biomarker - CA19-9 oqsili qancha ekanini nazorat qilish bilan bunday saraton turini istalgan bosqichda aniqlash mumkin bo‘ladi. Shuningdek, THBS2 oshqozonosti bezi saratonini saratonning boshqa turlaridan farqlash imkonini beradi, deya hisoblashmoqda mutaxassislar.

Mavzuga oid
Top