10:47 / 17.07.2017
7394

Sergelida talonchi ushlandi

2017 yilning 12 iyul kuni taxminan soat 02:00larda Doniyor Ermatov o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq ravishda talon-toroj qilish maqsadida Sergeli tumani xududida fuqaro Fanil Shaxidovning (jabrlanuvchining anketa ma'lumotlari o‘zgartirilgan) sog‘ligi uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, unga tegishli bo‘lgan “Samsung” rusumli uyali telefonini egallab olgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan, Sergeli tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 166-moddasi 2-qismi «a» bandi (talonchilik, ya'ni sog‘liq uchun xavfli bo‘lmagan zo‘rlik ishlatib, o‘zganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. 

Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr ko‘rganlar bo‘lsa, «102» telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin.

Top