10:42 / 17.07.2017
7425

Tramp davrida AQSh aviazarbalari tufayli Obama davridagidan 4 baravar ko‘p odam o‘lmoqda

AQSh prezidentligiga Donald Tramp saylanganidan keyin AQSh boshchiligidagi harbiy koalitsiyaning havo kuchlari bergan zarbalari tufayli Obama davridagidan ko‘ra 4 barobar ko‘p odam halok bo‘lmoqda. Bu haqda The Daily Best xabar bergan.

Manbada aytilishicha, koalitsiyaning IShID nazoratidagi hududlariga bergan havo zarbalaridan Tramp kelganidan buyon 2200 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Bu esa har oyda o‘rtacha 360 kishi degani.

AQShning avvalgi prezidenti Barak Obama davrida bu ko‘rsatkich 80 kishiga teng bo‘lgan.

Ekspertlarning aytishicha, bu aviazarbalarning ko‘payishi bilan bog‘liq deb o‘ylash to‘g‘ri emas. Bunga sabab koalitsiyaning tinch aholi joylashgan hududlarni o‘rganmay zarbalarni yo‘llayotganidir.

Tramp o‘zini AQSh tarixidagi eng muvaffaqiyatli prezident deb atagan va Suriyadagi kurashlar tobora samarali bo‘lib borayotganini aytgan edi.

Mavzuga oid
Top