09:01 / 18.07.2017
5778

Afg‘onistonda 17 kishi suv toshqinlari tufayli halok bo‘ldi

Foto: Pajhwok

Afg‘onistonda suv toshqinlari sabab kamida 17 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Pajhwok agentligi xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Afg‘oniston markaziy qismidagi Kobul viloyatida kuzatilgan kuchli yomg‘irlar tabiiy ofatga sabab bo‘lgan.

Ayni damda olti kishi bedarak yo‘qolgan, deb hisoblanmoqda. Yetti inson jarohatlar oldi.

Tuman rahbari Muhammad Fahim Musazayning ma'lum qilishicha, suv toshqini uylar va dala maydonlariga zarar yetkazgan. Xususan, shu sababdan 10 dan ortiq bino vayron bo‘lgan.

Top