08:59 / 18.07.2017
17696

AskDoctor.uz’da ilk bor chet el klinikasi!

Hindistonning Max Healthcare klinikasi shifokorlari AskDoctor.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tdi, endi ulardan bepul maslahatlar olish mumkin.

Turli klinikalar shifokorlari va bemorlar o‘rtasida muloqot o‘rnatish katta tashkilotchilik ishlari, doimiy ravishda hamkor klinika va ularning xodimlari bilan ishlashni talab qiladi. AskDoctor.uz jamoasi 90 dan ortiq klinika bilan shunday hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan va onlayn maydonchada ro‘yxatdan o‘tgan shifokorlar soni 400 taga yetmoqda.

Endi foydalanuvchilar murojaat qilishi mumkin bo‘lgan klinikalar soni yana bittaga oshdi. Jadal ommalashayotgan loyiha uchun bunday ko‘payish yangilik emas, lekin bu tibbiyot muassasasi Hindistonning ko‘p ixtisosli Max Healthcare klinikasi ekani – haqiqiy xushxabar!

Endi siz nafaqat O‘zbekistonning eng nufuzli klinikalari xodimlari, balki chet ellik vrachlardan ham onlayn maslahatlar olishingiz, ularga o‘z so‘roqlaringiz bilan murojaat qilishingiz mumkin. Max Healthcare klinikasi shifokorlari ingliz tilida so‘zlashadi.

Klinika haqida

O‘zining sifatli, yuqori standartlarga asoslangan tibbiy xizmatlarini ko‘rsatib kelayotgan Max Healthcare klinikasi xalqaro darajadagi tajriba va malakaga ega 2300 dan ortiq shifokor o‘nlab mutaxassislik bo‘yicha bemorlarning tibbiy muammolariga yechim topish, ularga tashxis qo‘yish va davolash bilan shug‘ullanadi. Klinika ko‘rsatadigan asosiy xizmat turlari:

- Yurak kasalliklari. Kardiojarrohlik, xususan, bolalar kardiojarrohligi;

- Urologiya/nefrologiya. Buyrak ko‘chirib o‘tkazish;

- Gastroenterologiya. Jigar bilan bog‘liq muammolar;

- Onkologiya;

- Neyroxirurgiya. Umurtqa va miya jarrohligi.

Eslatib o‘tamiz, AskDoctor.uz’dan ro‘yxatdan o‘tgan shifokorlarning barchasi jarrohlar bo‘lib, ularga jarrohlik amaliyotlariga aloqador savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin.

O‘zbekiston bilan hamkorlik

Max Healthcare klinikasi 2013 yildan beri O‘zbekiston bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o‘rnatgan. Ko‘plab o‘zbekistonlik bemorlar bu shifoxonaga borib, davolanib keladi. Undan tashqari, shahar va viloyatlarimizda klinika shifokorlari ishtirokida yilda ikki-uch marta tibbiy ko‘rik va bepul konsultatsiyalar tashkil etiladi.

Nafaqat bemorlar uchun...

Bu qulayliklardan nafaqat bemorlar, balki shifokorlar ham fikr va tajriba almashish maqsadida foydalanishi mumkin. Shuningdek, Max Healthcare klinikasi o‘zbekistonlik shifokorlarga malaka oshirish borasida ham ko‘maklashishga tayyor. Hindistonning ushbu klinikasi bilan erishilgan kelishuvlarga ko‘ra, tibbiyot xodimlariga tanlov asosida uch oylik amaliyot o‘tish imkoniyati bepul taqdim etiladi.

www.askdoctor.uz 

Facebook: http://bit.ly/AskDoctor-in-facebook

Telegram: http://bit.ly/AskDoctor-in-Telegram

YouTube: http://bit.ly/AskDoctor-in-YouTube

O‘zbekistonda "Max Healthcare" klinikasining ma'lumot markazi faoliyat yuritadi. Murojaat uchun telefon: +99895 143 95 55

Reklama huquqi asosida

Top