23:55 / 18.07.2017
20894

Biologlar Yerda eng uzoq yashovchi jonivorni aniqlashdi

Foto: phys.org

Yerda eng uzoq umr ko‘ruvchi jonivorlar Karib dengizi tubidagi chuqur suvda o‘tiruvchi chuvalchanglardir. Ularning ayrimlari 300 yildan ko‘p yashagan, deyiladi Science of Nature jurnalida chop etilgan maqolada.

"Escarpia laminata chuvalchanglarining ayrim turlari 250 yilgacha umr kechiradi va tirik jonzotlardan birortasi o‘tmagan yosh chegarasini ortda qoldirishadi. Ushbu turning eng uzunlarining yoshini o‘lchashdagi xatoliklar hisobga olinganda ular bundan ham ko‘proq yashashi mumkin", — degan Filadelfiya (AQSh)dagi Tepml universiteti xodimi Alanna Durkin.
 
Shu paytga qadar quruqlik va dengizda eng uzoq umr ko‘ruvchilar sifatida — Grenlandiya kitlari (ba'zilari 200 yildan ortiq umr ko‘radi) va Galapagos toshbaqalaridir (ularning ayrimlari 250 yilgacha hayot kechiradi) baholanayotgan edi. Bundan tashqari, Arktikaning Arctica islandica chig‘anog‘i, hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra 500 yildan ko‘proq yashaydi. 

Olimlar ularning uzoq umr ko‘rishiga nima sabab bo‘lishi, ular saraton yoki boshqa turdagi xavfli kasalliklar bilan xastalanadimi-yo‘qmi, degan savollarga javob topish maqsadida ilmiy izlanishlar olib borishadi. 

Escarpia laminata chuvalchanglarining ayrimlari 50-60 santimetrga yetadi. Olimlar ular ushbu umurtqasizlarning qanchalik tez o‘sishini aniqlashdi. Bir yillik kuzatuvlardan ma'lum bo‘lishicha, Escarpia laminata juda sekin o‘sadi, ya'ni yiliga yarim millimetr. Shunga ko‘ra, eng uzunlarining yoshi 300 yildan oshadi, deyish mumkin.

Mavzuga oid
Top