10:00 / 18.07.2017
10491

«Butun dunyo buni so‘ramoqda»: Kolumbiya rahbari Venesuelaga maxsus bayonot bilan chiqdi

Kolumbiya prezidenti Xuan Manuel Santosning ma'lum qilishicha, «butun dunyo» Venesuela hukumatidan Milliy ta'sis yig‘ilishini chaqirish g‘oyasidan voz kechishni so‘ramoqda.

«Venesuelada muhokamalar, tez va tinch yo‘llar bilan muammoga yechim topish uchun ta'sis yig‘ilishidan voz kechish lozim. Butun dunyo buni so‘ramoqda», - deya yozdi Santos Twitter’da .

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp Venesuela rahbari Nikolas Maduro 30 iyul kuni ta'sis yig‘ilishini chaqirsa, «kuchli va tezkor iqtisodiy harakatlar»ni ko‘rish bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgandi.

Top