13:28 / 18.07.2017
8296

Chilonzorda “Kobalt” haydovchisidan marixuana topildi

2017 yilning 12 iyul kuni soat taxminan 23:30larda Chilonzor tumanidagi “Erkin” YPX maskanida ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Inom Rahimov boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda, uning salon qismidan og‘irligi 1,98 gramm bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan

Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top