15:55 / 18.07.2017
10413

G20 sammitidagi tartibsizliklardan ko‘rilgan zarar hisoblab chiqildi

Foto: Reuters

Germaniya sug‘urtachilari ittifoqi (GDV) Hamburgda tashkil etilgan "katta yigirmalik" davlat rahbarlarining sammiti davomida bo‘lib o‘tgan tartibsizliklar keltirgan zararni e'lon qildi. U 12 mln yevroga baholanmoqda, deb yozmoqda Bild nashri.

Unga ko‘ra, bu mablag‘ning 1/3 qismi avtomobillar egalari ko‘rgan zararni qoplashga sarflanadi. Sammit vaqtida radikal kayfiyatdagi namoyishchilar avtomobillarni yoqib yuborishgan, oyna va chiroqlarini sindirishgan edi. Binolar, do‘konlar va qahvaxonalarga yetkazilgan zarar taxminan 8 mln yevro deb baholanmoqda. 

Hamburgdagi sammit chog‘ida o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 300 ga yaqin kishi ushlangan, 500 ga yaqin politsiyachi jabrlangan. 

Mavzuga oid
Top