15:35 / 18.07.2017
6612

Gruziya Kiyevga Saakashvilini topshirish borasida murojaat qilmagan

Foto: RIA "Novosti"

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, Tbilisi Kiyevga Gruziya sobiq prezidenti Mixail Saakashvilini topshirishni talab qilib murojaat etmagan.

2015 yilda Gruziya prokuraturasi Ukraina hukumatidan Saakashvilini vataniga ekstraditsiya qilishni talab etishi haqida ma'lum qildi. O‘sha yilning yozida Gruziya prezidenti Georgiy Margvelashvili Saakashvilini fuqarolikdan mahrum qilish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Avvalroq Gruziya adliya vaziri Saakashvili mamlakatga kelishi bilan qo‘lga olinishi haqida xabar bergandi.

"Bizda Gruziya hukumati bilan samarali hamkorlik bor, biroq ekstraditsiya haqidagi talabni olmaganmiz. Demak, bu masala muhokama qilinmagan", - deya ma'lum qildi Poroshenko Tbilisiga tashrifi davomida jurnalistlarga.

Saakashvili 2013 yilning noyabrida Gruziyada yangi prezident Margvelashvili o‘z lavozimiga kirishganidan so‘ng mamlakatni tark etdi. Gruziya bosh prokuraturasi Saakashvilini bir necha jinoiy ishlar bo‘yicha ayblamoqda.

Mavzuga oid
Top