10:03 / 18.07.2017
8105

Qozog‘iston YaIM birinchi yarim yillikda 4,2 foizga o‘sdi

Foto : Salamat Ayazbay

Qozog‘iston YaIM 2017 yilning yanvar-iyun oylarida 4,2 foizga o‘sdi, deb xabar berdi respublika milliy iqtisodiyot vaziri Timur Suleymenov.

"Joriy yilning yanvar-iyun oylarida YaIM 4,2 foizga o‘sdi”, - degan vazir Qozog‘iston hukumati yig‘ilishi davomida.

Qozog‘iston YaIMning 2017 yildagi o‘sishiga oid rasmiy bashorat 2,5 foizni tashkil etadi. 2016 yil yakunlariga ko‘ra, Qozog‘iston iqtisodiyoti 1 foizga o‘sdi. 2017 yilning yanvar-may oylarida esa mamlakat YaIM o‘sishi 4,1 foizga teng bo‘ldi.

Mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev iyun oyi o‘rtalarida Qozog‘iston YaIM o‘sishi yil yakunlariga ko‘ra 4 foiz atrofida bo‘lishini ma'lum qilgandi.

Top