17:22 / 18.07.2017
38282

Saudiya hukumati "ochiq-sochiq" kiyingan qiz tasvirlangan videodan darg‘azab

Saudiya Arabistoni hukumati kalta yubkada yurgani tasvirlangan videorolikni e'lon qilgan qizga nisbatan surishtiruv o‘tkazadi, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».

Xulud ismli qiz Saudiya poytaxtidan 155 kilometr masofada joylashgan Ushaykir qadimgi qishlog‘ida sayr qilib yurgani tasvirlangan video bilan bo‘lishgan. Xabar qilinishicha, u «qirollik uchun mos kelmaydigan kiyimda bo‘lgan».

Ta'kidlanishicha, rolik ijtimoiy tarmoqlarda katta bahs-munozaralar keltirib chiqardi. Ba'zi foydalanuvchilar qizni, u qirolliklarda qiz bolalar uchun belgilab qo‘yilgan qoidalarni buzgani uchun hibsga olishni talab qilishdi. Boshqalar esa qizning «jasurligi»ni olqishlab, uning xatti-harakatini yoqlashgan.

Ma'lumot uchun, Saudiya Arabistonida ayollar jamoat joylarida uzun ko‘ylak kiyib yurishlari shart.

Top