10:14 / 18.07.2017
7769

Totti kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi

Foto: Squashka

Totti kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi.

«Roma»ning sobiq futbolchisi va sobiq sardori Franchesko Totti klubda qolishini tasdiqladi.

40 yoshli futbolchining shartnomasi o‘tgan oyda yakuniga yetgandi, u jamoa bilan xayrlashgan va okeanorti jamoalaridan biriga yo‘l olishi kutilayotgandi. Endilikda ma'lum bo‘lishicha, Franchesko klub direktori lavozimini egallaydi. Bu haqda Totti Roma TV uchun bergan intervyusida ma'lum qilgan.

«Men faoliyatimning birinchi pallasini - futbolchilik faoliyatimni yakunladim. Endi eng muhim davri boshlanadi — men "Roma" direktori sifatida ish boshlayman, umid qilamanki klub uchun maydonda qilganimdan kam ish qilmayman. Men hech qachon futboldan ketishimni o‘ylamasdim. Men yangi ishimda hamma uchun ochiq bo‘laman — yosh futbolchilardan tortib prezidentgacha.

Mening tashrif kartochkamda nima yozilgan bo‘ladi? Franchesko Totti, «Roma», — degan Totti.

Top