16:24 / 18.07.2017
4976

Turkiya sudi Amnesty International vakolatxonasi rahbarini hibsga oldi

Foto: AP

Turkiya sudi 18 iyul kuni 6 nafar huquq himoyachisi, shu jumladan, Amnesty International tashkilotining Turkiyadagi vakolatxonasi rahbari Idil Eserni qo‘lga olishga buyruq berdi. Ularga nisbatan terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etish aybi ilgari surilmoqda, deb xabar qilmoqda Associated Press.

Agentlikka ko‘ra, avvalroq hibsga olingan yana 4 kishi mamlakatni tark etmaslik sharti bilan ozodlikka chiqarilgan.

"Endi ma'lum bo‘layaptiki,Turkiyada inson huquqlari uchun kurashish jinoyatga aylandi", - deya Amnesty International kotibi Salila Shetti so‘zlarini keltiradi agentlik.

Eser va boshqa huquq himoyachilari 5 iyul kuni qamoqqa olingan. Agentlikning qayd etishicha, ular mamlakatda "davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishi mumkin bo‘lgan tashkilot" yig‘ilishida ishtirok etgani aytilmoqda. 

Mavzuga oid
Top