17:35 / 18.07.2017
25176

Video: Putin vazirlarni muzqaymoq bilan mehmon qildi

 

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Jukovskiy viloyatida xalqaro aviakosmik salon (MAKS) ochilishida qatnashmoqda.

Tadbir davomida Putin shaharni aylandi va u yerda muzqaymoq sotayotgan qizni ko‘rib qoldi. Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu, «Rostex» rahbari Chemezov va Sergey Ivanovni mehmon qilgan.

- Bizni nima bilan mehmon qilasiz, - deb so‘ragan Putin sotuvchi qizdan. - Muzqaymoq bilan, - javob bergan qiz. - Plombir bor. Stakanligi 60 rubl, quyib beriladigani 80 rubl. Kubandan keltirilgan muzqaymoq ham bor,- deb qo‘shimcha qildi qiz. - Yaxshi qiz, bu yerda muzqaymoq yeguvchilar ko‘p,- deb hazillashdi Putin sotuvchiga 1000 rubl uzatayotib.

Putin nisbatan arzonroq bo‘lgan stakanli plombirni tanlagan. Hukumatning qolgan rahbarlari ham muzqaymoqdan olishdi. - Sizning bir yillik foydangiz qancha?,- deb so‘radi Putin «Rostex» rahbaridan. - 80 milliard,- javob berdi u. - Unda bemalol muzqaymoq sotib olishingiz mumkin ekan,- deya barchani kuldirgan Putin.

Top