21:45 / 19.07.2017
19683

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari aniqlandi

«Tottenhem» yarimhimoyachisi Dele Alli 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida yilning eng qimmat futbolchisi deb topildi. Reyting Soccerex portali tomonidan ishlab chiqilgan. 

APLning 37 uchrashuvida maydonga tushgan futbolchi 18 gol kiritgandi. Uning transferi 82,6 mln yevroga baholangan.

Ikkinchi o‘rinda «Monako» hujumchisi Kilian Mbappe o‘rin olgan bo‘lib, uning narxi 61,7 mln yevroga baxolangan. Uchinchi o‘rinda Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Usmon Dembele qayd etilgan bo‘lib, uning narxi 60,9 mln yevro etib belgilangan.

Dunyoning eng qimmat yosh futbolchilari TOP-10ligi
1. Dele Alli («Tottenhem») — 82,6 mln. yevro; 
2. Kilian Mbappe («Monako») — 61,7 mln yevro; 
3. Usmon Dembele («Borussiya» D) — 60,9 mln yevro; 
4. Leroy Sane («Manchester Siti») — 51,1 mln yevro; 
5. Marko Asensio («Real») —  42,7 mln yevro; 
6. Gabriel Jyezus («Manchester Siti») — 42,6 mln. yevro; 
7. Markus Rashford («Manchester Yunayted») —  40,6 mln yevro;
8. Janluiji Donnarumma («Milan») — 40,5 mln yevro; 
9. Timo Verner («RB Leyptsig») — 35,6 mln yevro; 
10. Kingsli Koman («Bavariya») — 35 mln yevro.

Mavzuga oid
Top