13:39 / 19.07.2017
6521

Fransiya bosh shtabi boshlig‘i Makron bilan kelisha olmagani tufayli iste'foga chiqdi

Fransiya armiyasining bosh shtabi boshlig‘i Per de Vile iste'foga chiqdi, deb xabar bermoqda Le Figaro.

Xabar qilinishicha, bosh shtab boshlig‘i bunday qarorni mamlakat prezidenti Emmanuel Makron bilan yuzaga kelgan mojaro fonida qabul qilgan. Kelishmovchilik mudofaa sohasidagi byudjyetni qisqartirishga bog‘liq bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, avvalroq bosh shtab boshlig‘ining vakolatlari 2018 yilning iyuliga qadar uzaytirilgandi.

Top