11:50 / 19.07.2017
4462

Komilov Belgiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 18 iyun kuni Bryussel shahriga tashrif buyurgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Belgiya Qirolligi Bosh vaziri o‘rinbosari, Tashqi ishlar vaziri Didie Reynders bilan uchrashdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni siyosiy va parlamentlaro aloqalar, o‘zaro savdo, madaniy-gumanitar almashinuv kabi yo‘nalishlarda yanada rivojlantirish va chuqurlashtirishning dolzarb masalalari batafsil muhokama qilindi.

Muzokaralarda qayd etilganidek, diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yili davomida o‘zaro manfaatli hamkorlikda katta tajriba orttirildi. Xususan, ikki davlat tashqi siyosat idoralari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning muntazam o‘tkazilishi hamkorlik holatini har tomonlama puxta o‘rganish va tomonlarni qiziqtirgan istiqbolli sohalarni aniqlash imkonini yaratadi.

Uchrashuvda ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.

Top