13:36 / 19.07.2017
13236

“LXR”: yangi davlat tuzish “DXR”ning ichki tashabbusi

“Lugansk xalq respublikasi” vakillari Minskdagi muzokaralarda Malorossiyani tuzish haqidagi g‘oyani muhokama qilish niyatida emas. Bu haqda “LXR”ning Donbass bo‘yicha siyosiy guruhdagi delegatsiyasi ishtirokchisi Rodion Miroshnik ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA "Novosti".

“Biz buni rejalashtirmaganmiz. Bu DXRning ichki tashabbusi. Bizda kun tartibi bor hamda unda muhokama etish va yechimini izlash lozim bo‘lgan aniq masalalar belgilab qo‘yilgan”, - dedi u.

Miroshnikning ta'kidlashicha, hozircha bu tashabbus Minsk muzokaralari jarayoniga ta'sir ko‘rsatmayapti.

Avvalroq «Donetsk xalq respublikasi» rahbari Aleksandr Zaxarchenko yangi davlat – Malorossiya tuzilgani haqida ma'lum qilgandi. Keyinchalik Poroshenko «DXR» rahbarining yangi davlat tuzish haqidagi bayonotiga izoh berdi.

Mavzuga oid
Top