18:28 / 19.07.2017
23977

Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot Vazirligining 2017 yil 17 iyuldagi 26-k-sonli buyrug‘i bilan Narimonjon Ismailov Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish Bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Ismailov bundan avval Toshkent shahar hokimligining hududlarni kompleks rivojlantirish yig‘ma boshqarmasi yig‘ma bo‘limi boshlig‘i – boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Toshkent shahar iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish Bosh boshqarmasi hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, mavjud nomutanosibliklarni, hududlarning zaxiralarini hamda ishlab chiqarishga jalb qilinmagan mineral-xomashyo, mehnat va ishlab chiqarish salohiyatlarini aniqlash; mamlakat va hududlarni istiqbolda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategik ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, hududlarning sanoat potensialini jadal rivojlantirish borasida tarmoq tuzilmalari bilan birgalikda dasturiy chora-tadbirlarni, hududlarni kompleks rivojlantirish, hududning iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirishning qisqa muddatli va o‘rta muddatli prognozlari hamda dasturlarini ishlab chiqish kabi vazifalar bilan shug‘ullanadi.

Top