12:13 / 19.07.2017
6404

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Federika Mogerini bilan uchrashdi 

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

2017 yilning 18 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Bryussel shahrida Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, YeI Komissiyasi vitse-prezidenti Federika Mogerini bilan uchrashdi.

Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan o‘zaro aloqalarga oid qator masalalar muhokama qilindi va O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo” vazirlar uchrashuvida kun tartibi yuzasidan fikr almashildi.

Abdulaziz Komilov Federika Mogerinini shu yilning kuzida Samarqand shahrida BMT rahbarligida o‘tkaziladigan Markaziy Osiyoda xavfsizlikni va barqarorlikni ta'minlash muammolari bo‘yicha xalqaro anjumanga taklif etdi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi.

Top