13:04 / 19.07.2017
42610

Video: Xabib Nurmagomedov Tojikistonda ishqibozlardan biriga zarba berdi

Rossiyalik aralash yakkakurashlar bo‘yicha jangchi Xabib Nurmagomedov Instagram’dagi rasmiy sahifasida ishqiboziga uning iltimosi bilan zarba bergani tasvirlangan videoni e'lon qildi.

Hodisa Nurmagomedovning Tojikistonga tashrifi davomida ro‘y berdi. Sportchining ishqibozlaridan biri yon tomoniga zarba berishni so‘ragan. Jangchi bu iltimosni rad etmadi va e'tiborni chalg‘ituvchi suhbatdan so‘ng kutilmagan zarbani bergan. Boshqa ishqibozlar buni olqishlar bilan kutib olishdi, Nurmagomedovning o‘zi esa “jabrlanuvchi”ning ko‘nglini so‘rab qo‘ydi.

Eslatib o‘tamiz, UFC’da ishtirok etuvchi Nurmagomedov o‘zi ishtirok etgan 24 jangning barchasida g‘alaba qozongan.

Top