21:50 / 20.07.2017
4999

Buyuk Britaniya politsiyasida dronlardan iborat maxsus bo‘linma paydo bo‘ldi

Uchuvchi dronlar politsiya va boshqa soha vakillari uchun yaxshigina dastyor bo‘lishi mumkin. U osongina havodan jinoyatchini kuzatish va ma'lum bir hududni suratga olishga qodir. Aynan shuning uchun Buyuk Britaniya politsiyasi tajribali operatorlardan iborat maxsus bo‘linma yordamida o‘z imkoniyatlarini kengaytirdi. 

Buning uchun bir necha jamoa a'zolari maxsus tayyorlov jarayonidan o‘tishdi va 18 oy davom etgan mashqlardan so‘ng ishga tushishdi. Hozirda politsiya xodimlari qaramog‘ida universal DJI Inspire dronlarini uchratish mumkin. Ularda yuqori imkoniyatli teplovizor va kamera joylashgan —  bu uskuna kvadrokopterlardan turli vazifalar uchun foydalanishga yordam beradi. Shuning uchun ular yordamida hozirda jinoyat joyi, YTH va qo‘riqlanayotgan hududlar tasvirga olinmoqda, ekologik qoidabuzarlikka qarshi kurashilmoqda. 

Endilikda Devon, Kornuel va Dorset aholisi shahar tashqarisidagi o‘rmonlarga borib, atrof-muhitga ziyon keltiruchi harakatlar qilishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishlariga to‘g‘ri keladi. Dronlar  aerofototasvir vazifasini a'lo darajada uddalamoqda, shu sababli jinoyatchilar anchayin kamaygani namoyon bo‘lgan.  

Dronlar qiyin vazifalarni bajarishi bilan bir qatorda ularning ham kamchiligi bor. Masalan, ular kuchli shamol, yomg‘ir yoki qorli havoda harakatlana olmaydi. 

Mavzuga oid
Top