16:30 / 20.07.2017
21816

Fransiyalik qo‘shiqchi o‘z konserti vaqtida olamdan o‘tdi

Frantsuz qo‘shiqchisi Barbara Veldens o‘z konserti vaqtida qo‘qqisdan vafot etdi. The Independent xabariga ko‘ra, hodisa Fransiya janubi-g‘arbidagi Gurdon shahrida joylashgan cherkovda sodir bo‘lgan.

Ayni vaqtda o‘lim sababi aniq emas. Turli manbalarga ko‘ra, Veldensning yuragi tok urishi tufayli to‘xtagan bo‘lishi mumkin. 

Valdens Leo Ferre festivali doirasida konsert berayotgandi.

Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.

Fevral oyida ushbu qo‘shiqchi Le grand H de l’homme nomli ilk albomini taqdim etgandi. O‘tgan yilning noyabrida u Sharl Kro nomidagi yosh qo‘shiqchilar Akademiyasi mukofotiga sazovor bo‘lgandi.

Top