23:33 / 20.07.2017
20299

«Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar - 2017» g‘oliblari ma'lum qilindi

Bugun, 20 iyul kuni «Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi veb-saytlar - 2017» ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan Alisher Sa'dullayev “Feysbuk”dagi o‘z sahifasida ma'lum qilgan. 

Joriy yilda tanlovga jami 4830 ta ariza kelib tushgan. Ular quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqsimlangan:

Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-saytiga – 2617 ta;

Eng yaxshi o‘qituvchi veb-saytiga – 2108 ta; 

Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot veb-saytiga - 105 ta. 

Ko‘rik-tanlovda qatnashgan ishtirokchilarning veb-saytlari xalq ta'limi tizimi mutaxassislari, veb-texnologiyalar bo‘yicha ekspert-mutaxassislar va o‘qituvchilardan tarkib topgan 3 ta guruhdan iborat Hakamlar hay'ati va ekspertlar tomonidan baholangan.

«Eng yaxshi ta'lim muassasasi veb-sayti» nominatsiyasi:

1-o‘rin - Toshkent shahar, Yunusobod tumani, 327-umumiy o‘rta ta'lim maktabi.
2-o‘rin -  Xorazm viloyati, Urganch tumani, 38-umumiy o‘rta ta'lim maktabi. 
3-o‘rin - Navoiy viloyati, Karmana tumani, 3–umumiy o‘rta ta'lim maktabi.

«Eng yaxshi o‘qituvchi veb-sayti» nominatsiyasi:

1-o‘rin -  Nurgaziyev Shuhrat Xasanovich. Jizzax viloyati, Do‘stlik tumandagi 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi. 
2-o‘rin -  Mirzaqulov Qobiljon Sirdilovich. Farg‘ona viloyati, Yozyovon tumanidagi 21-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi. 
3-o‘rin - Qarshiboyeva Nargiza Abdulaxatovna. Jizzax viloyati, Jizzax tumanidagi 14-umumiy o‘rta ta'lim maktabi o‘qituvchisi.

«Xalq ta'limi tizimidagi eng yaxshi tashkilot (muassasa) veb-sayti» nominatsiyasi:

1-o‘rin -  - Navoiy viloyati, Navbahor tumani xalq ta'limi muassasalarini faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi. 
2-o‘rin - Farg‘ona viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
3-o‘rin -  Xorazm viloyati xalq ta'limi boshqarmasi.

Alisher Sa'dullayev tanlov haqida o‘z fikrlarini bildirar ekan, jumladan, shunday dedi: “Tanlov ishtirokchilari ko‘zidagi uchqun, ulardagi shijoat meni ruhlantirib yubordi. O‘quvchilariga darsini qiziqarli o‘tish uchun o‘z saytini yaratgan o‘qituvchi tajribasi bilan qiziqdim. Pedagoglarimiz zamonaviy AKT imkoniyatlaridan yanada kengroq foydalanishga chanqoq. Biz ularga zarur sharoit yaratib, ruhlantirishimiz kerak. Shunday jonkuyar, o‘z kasbini fidoyisi bo‘lgan, yangilikka intiluvchan o‘qituvchilarimiz soni qancha ko‘p bo‘lsa, ta'lim sifati ham shuncha yuqori bo‘ladi. Men ularning barchasiga muvaffaqiyat va omad tilab qolaman”.

Top