19:00 / 20.07.2017
4465

Isroilda harbiylarga pichoq bilan hujum qilgan falastinlik o‘ldirildi

Al-Qudsdan janubda joylashgan nazorat-o‘tkazish punktida isrollik harbiylar pichoq bilan qurollangan falastinlikni otib o‘ldirishdi.

Bu haqda Haaretz xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, hujum oqibatida harbiylardan hech kim jabrlanmagan.

Avvalroq Isroil politsiyasi Al-Aqsa masjidi imomiga jarohat yetkazgani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top