09:46 / 20.07.2017
19564

Qirg‘izistonda mudhish YTH, 8 kishi halok bo‘ldi

Foto: 24.kg

Qirg‘izistondagi “Bishkek-O‘sh” avtomobil yo‘lida yuz bergan jiddiy yo‘l-transport hodisasi natijasida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «24.kg» yangiliklar agentligi respublika FVVga asosan xabar qilgan.

Sakkiz kishi olingan jarohatlar tufayli voqea joyida halok bo‘lgan: to‘rt nafar erkak, uch ayol kishi va besh yoshli qizcha.

Yana uch inson turli jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketildi.

Avvalroq Rossiyada O‘zbekistonning 5 fuqarosi YTH tufayli jarohat olgani xabar qilingandi.

Top