22:50 / 20.07.2017
9210

Putin: RF migratsiya kodeksini tuzish masalasini ko‘rib chiqish mumkin

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning fikricha, mamlakatda alohida migratsiya kodeksini ishlab chiqish masalasini ko‘rib chiqish mumkin. U migratsiyaga doir barcha masalalarni tartibga soluvchi qonunchilik me'yorlarini aks ettirgan bo‘lar edi. 

"Kavkaz xalqlari Rossiya kongressi" Oliy kengashi rahbari Aslambek Paskachev Millatlararo munosabatlar bo‘yicha Kengash yig‘ilishida shu masalada g‘oyani ilgari surgan. "Sizningcha, migratsiya kodeksi zarurmi?" – deya aniqlab olgan prezident. Paskachev savolga tasdiq javobi berar ekan, hozirda, bu yo‘nalishda turli qonunlar borligini, ular har doim ham bir-biriga mos kelmasligini, ularni birlashtirish zarurligini aytgan. "Yaxshi, o‘ylab ko‘ramiz", - degan Putin.

Avvalroq, Rossiya IIV rahbari birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy Migratsiya kodeksi ishlab chiqilishi haqida so‘z yuritgan edi. 

Top