15:10 / 20.07.2017
29022

O‘zbekistonda birinchi «Neksiya» ishlab chiqarilganiga 21 yil to‘ldi

Arxiv fotosi

O‘zbekistonda birinchi mahalliy avtomobil - “Neksiya” konveyerdan chiqqaniga 21 yil to‘lishi munosabati bilan turli tadbirlar o‘tkazilmoqda. Kun.uz muxbirining xabar qilishicha, Toshkent politexnika muzeyida ham shunday tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan GM Uzbekistan brend-menejyeri Sobirjon Muxtorovning so‘zlariga ko‘ra, “Neksiya” avtomobillarining barcha modellari O‘zbekiston sharoitlariga moslashtirilgan: sovutish materiallari hamda infraqizil nurlanishni o‘tkazmaydigan derazalar o‘rnatilgan.

Tadbirda Toshkent shahridagi mehribonlik uylarining tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etdi. Ularga va barcha tashrif buyurganlarga “Neksiya”ning barcha rivojlanish jarayoni namoyish etildi. 

Ma'lumot uchun, 1996 yilning 19 iyul kuni Asaka shahrida UzDaewooAuto zavodi tantanali ravishda ochildi. Shu kuni “Neksiya” avtomobilining bir namunasi taqdim etilgan. 

Daewoo Nexia nafaqat O‘zbekiston haydovchilari orasida, balki Rossiya va MDHning boshqa mamlakatlarida katta mashhurlikka sazovor bo‘ldi. Jami bu brendda 1 060 715 dan ortiq avtomobil ishlab chiqarildi. 

 

Mavzuga oid
Top