AQShning Nyu-York shtatida Cessna 206 bitta motorli samolyoti mashinalar bilan gavjum bo‘lgan avtomobil yo‘liga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘ldi. Bu haqda ABC News telekanali xabar qilmoqda.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, samolyot Nyu-Yorkdan Nyu-Jyersiga parvoz qilayotgan bo‘lgan. Parvoz davomida yuzaga kelgan nosozlik tufayli, uchuvchi havo kemasini avtomobil yo‘liga qo‘ndirish haqida qaror qabul qilgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagani aytilmoqda.