16:23 / 21.07.2017
12463

19 iyul kuni Toshkentda 5 ta YTH yuz berdi, 2 inson hayotdan ko‘z yumdi

2017 yilning 19 iyul kuni Toshkent shahri hududida 5 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Mazkur yo‘l-transport hodisalarida 8 nafar shaxs tan jarohati olgan, 2 nafar shaxs vafot etgan. Bu haqda Toshkent IIBB xabar berdi.

2017 yilning 19 iyul kuni YPX inspektorlari tomonidan jami 2788 ta huquqbuzarliklar bo‘yicha ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan bo‘lib, shulardan, 734 tasini qo‘pol turdagi, 24 tasini mast holda transport vositasini boshqarish tashkil etgan. 

Toshkent shahar IIBB YHXB kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi tomonidan 2017 yil 19 iyul kuni jami 409 ta huquqbuzarliklar qayd etilgan bo‘lib, shulardan 252 tasini svetoforning taqiqlovchi chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlanish, 157 tasini belgilangan me'yordan yuqori tezlikda harakatlanish tashkil etadi.

Top