15:50 / 21.07.2017
5724

Afg‘on harbiylari bir kunda 98 jangarini yo‘q qildi

Foto: AP

Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari bir sutka davomida butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan amaliyotlarda 98 jangarini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda "Sinxua" agentligi mamlakat mudofaa vazirligiga asosan.

"Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari so‘nggi 24 soat ichida ba'zi tumanlarni terrorchilar hamda Afg‘onistondagi tinchlik va barqarorlikka qarshi bo‘lganlardan tozalash bo‘yicha terrorchilikka qarshi amaliyotlarni o‘tkazdi. Qurollangan jangarilardan 98 nafari o‘ldirildi, 36 nafari yaralandi", - deyiladi mahkama bayonotida.

Yo‘q qilingan jangarilar orasida “Tolibon” va IShID terrorchilik guruhlari a'zolari bor. Bundan tashqari, harbiylar yengil va og‘ir qurol-yarog‘ zaxiralarini olib qo‘yishgan. Hukumat kuchlari qanday talafot ko‘rgani aytilmagan.

Mavzuga oid
Top