11:56 / 21.07.2017
12464

«Barselona» Neymar tufayli aro yo‘lda qoldi

«Barselona» Neymar bir qarorga kelmaguncha, transfer amaliyotlarini to‘xtatadi. Bu haqda Sport.es xabar tarqatdi.

Biroz oldinroq «Barselona»ning ushbu futbolchisi «PSJ»ga o‘tishi 95 foizga hal bo‘lgani haqida xabar tarqalgandi.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar jamoasi braziliyalik futbolchi tarkibda qoladigan bo‘lsa, yarim himoyachi va markaziy himoyachi sotib olishni mo‘ljallagan.

Agar Neymar ketishga qaror qilsa, rejalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi.

Bundan avvalroq Parij klubi futbolchi bilan kelishuvga erishgani, ammo uning narxi borasida muzokaralar o‘tkazmoqchiligi xabar qilingandi. Futbolchining shartnomasida 222 million yevro miqdorida badal puli belgilangan.

«Barselona» prezidenti Jozep Mariya Bartomeu  jamoa hujumchisi Neymarni, unga qiziqayotgan «PSJ» klubiga sotish niyati yo‘qligini bildirdi.

U hech bir klub 222 million yevro to‘lay olmasligi, bunday pulni to‘lash fair play qoidalariga to‘g‘ri kelmasligini bildirgan.

Top