00:52 / 21.07.2017
7886

BMT Xavfsizlik kengashi IShIDga qarshi sanksiya ro‘yxatini kengaytirdi

BMT Xavfsizlik kengashi IShID va "Al-Qoida" terrorchilik guruhiga qarshi sanksiyalarini kengaytirdi. Sanktsiya ro‘yxatiga yana 8 ta shaxs va tashkilot kiritildi. AQSh tomonidan taklif etilgan rezolyutsiya 20 iyul kuni bir ovozdan qabul qilingan. 

33 sahifali hujjatga muvofiq, IShID va "Al-Qoida" bilan bog‘liq deb hisoblangan 250 dan ortiq jismoniy shaxslar, guruhlar va tashkilotlar bo‘lgan sanksiya ro‘yxatiga yana 4 kishining ism-sharifi qo‘shiladi. Bular Rossiyada qidiruvga berilgan Malik Ruslanovich Barxanoyev va Murad Irakliyevich Margoshvili (ular Iroq va Suriyadagi harbiy harakatlarda qatnashmoqda) hamda yana ikki nafar indoneziyalik (ulardan biri Bahrun Naim 2016 yil 14 yanvarda Jakartada sodir etilgan terakt tashkilotchisi hisoblanadi) nomlari bor. 

Bundan tashqari, ikkita moliyaviy muassasa – Iroqdagi Selselat al Thahab Money Exchange va Suriyadagi Hanifa Money Exchange Office muassasasidir. Shuningdek, Suriyada faoliyat yurituvchi "Jaysh Xolid ibn al Valid" hamda "Jund al-Aqso" guruhlaridir. 

XK tomonidan qabul qilingan hujjat terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlangan ko‘plab rezolyutsiyalar me'yorlarini o‘zida mujassamlashtirgan. 

Top