10:58 / 21.07.2017
19801

«Kun.uz» yangiliklar veb saytida qiziqtirgan savollarga yuridik xizmat xodimlaridan javob olish imkoni yaratildi

Adliya vazirligi tomonidan «Kun.uz» yangiliklar veb sayti bilan hamkorlikda ushbu saytda «Yuridik xizmat minbari» rukni tashkil etildi.

Mazkur rukn orqali fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tez, aniq va qonun hujjatlari asosida qisqa javob olish imkoniga ega bo‘ladi.

Savollarni «Kun.uz» yangiliklar veb saytidagi «Yuridik xizmat minbari» sahifasi orqali yoki yurxizmat@minjust.gov.uz elektron manziliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuborish mumkin.

Sizni qiziqtirgan savollaringizga tegishli davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmat xodimlari javob beradi.

Savollar aniq, tushunarli tilda bayon etilishi, qonun hujjatlari asosida qisqa javob berish imkoniga ega bo‘lishi kerak.

Ariza, shikoyat yoki takliflar sifatida ko‘rib chiqib javob berishni talab etadigan hamda qonun hujjatiga sharh berishni so‘rab berilgan savollar ko‘rib chiqilmaydi.

Top