08:55 / 21.07.2017
9002

OAV: Neymar «PSJ»ga o‘tishga juda yaqin turibdi, uning otasiga 40 mln yevro taklif qilishdi

Foto: eurosport.com

«Barselona» hujumchisi Neymar «PSJ»ga o‘tishga juda yaqin turibdi, deb xabar berdi Catalunya Radio fransuz jamoasidagi manbaga asosan.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, kelishuv 95 foizga rasmiylashtirib bo‘lingan. Futbolchining otasi qator hujjatlarga imzo chekkan, ulardan biriga ko‘ra u transfer ro‘y beradigan bo‘lsa, «PSJ»dan 40 mln yevrodan ko‘proq mablag‘ oladi. Transfer qiymati 222 mln yevroni tashkil etishi kerak, bu o‘yinchining shartnomasida belgilab qo‘yilgan. «Barselona» narxni tushirish haqida muzokaralar olib borishdan bosh tortayotgani va kelishuvga parijliklarning futbolchisi kiritilishiga rozi bo‘lmayotgani xabar berildi.

Neymar bu holatda so‘nggi qarorni o‘zi qabul qiladi. «Barselona» rahbariyati u bilan kelajagini muhokama qilgan, biroq braziliyalik uchrashuv davomida yakuniy javobni bermagan.

Top