12:23 / 22.07.2017
5386

Facebook o‘z smartfonini ishlab chiqmoqda 

Foto: AP

Amerikaning Facebook kompaniyasi modulli smartfon, deb ataluvchi qurilmaga patent oldi. Foydalanuvchi uning detallarini o‘zi o‘zgartirishi mumkin.

Business Insider internet-portalining xabar qilishicha, bunday gadjyet Facebook’ning Building 8 nomli maxfiy bo‘linmasi tomonidan ishlab chiqilmoqda.

Patentda aytilishicha, bu modulli elektr mexanik qurilma bo‘lib, u dinamik, sensorli displey, mikrofon va GPS signalini qabul qilish datchigiga ega. Business Insider mutaxassislarining fikricha, ijtimoiy tarmoq o‘zining modulli smartfoniga patent olgan.

Qurilmani yaratish ustida avval Google korporatsiyasi uchun modulli smartfonni ishlab chiqish bilan shug‘ullangan xodimlar ishlamoqda. O‘sha loyiha amalga oshirilmay qolgandi. Bundan tashqari, Building 8 jamoasida Apple hamda Amazon kompaniyalarining sobiq xodimlari ham bor.

Facebook yangi smartfon borasida hozircha rejalari bilan o‘rtoqlashishga shoshilmayapti. Ijtimoiy tarmoq vakillarining portalga ma'lum qilishicha, hozirda maxfiy bo‘linma mashinali o‘rgatish texnologiyasini yaratishga asosiy e'tiborni qaratmoqda.

Mavzuga oid
Top