14:50 / 22.07.2017
8567

Ilon Mask Nyu-Yorkdan Vashingtonga tunnel ochishga ruxsat oldi

Ilon Maskning yangi loyihasi – The Boring Company Nyu Yorkdan Vashingtongacha tunnel ochish bo‘yicha ishlarni boshlashi mumkin. Bu haqda tadbirkorning o‘zi Twitter sahifasida ma'lum qildi. Hukumat kompaniyaga bu kabi ishlarni olib borishga ruxsat berdi.

Yerosti tunnelini Maskning yana bir loyihasi – Hyperloop tovushdan tez harakatlanuvchi poyezdlarning yerosti tarmog‘ini barpo etishda foydalaniladi. Taxminlarga ko‘ra, tunnel Nyu-York-Filadelfiya-Baltimor-Vashington yo‘nalishida quriladi. Loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, ikki shahar o‘rtasidagi masofani 29 daqiqada ortda qoldirishlari mumkin. 

Maskning aniqlik kiritishicha, poyezdlar bekatlari shaharlarning markazlarida bo‘ladi, yo‘lovchilar bekatga «o‘nlab, balki undan ham ko‘p bo‘lgan» liftla vositasida tushishadi. 

Avvalroq tadbirkor Los-Anjyelesda shu kabi tunnelning sinov loyihasi amalga oshirilishi boshlanganini ma'lum qilgandi. 

Shu vaqtgacha Hyperloop loyihasi doirasida vakuumli poyezdning tirkamasi 500 metrlik tunnelda sinovdan o‘tkazildi. U magnit kuchi vositasida harakatlanib, 5,3 soniyada soatiga 112 km soat tezlikka erisha oldi. Hyperloop to‘liq ishga tushganda yo‘lovchi kapsulalari soatiga 1200 km tezlikda harakatlana oladi. 

Mavzuga oid
Top