08:13 / 22.07.2017
6563

Iordan daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida 3 nafar isroillik falastinlik yigit tomonidan o‘ldirildi

Foto: Reuters

Iordan daryosining g‘arbiy qirg‘og‘ida pichoq bilan qurollangan falastinlikning hujumi natijasida uch nafar isroillik halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Isroil mudofaa armiyasining o‘z tvitterida xabar berishicha, hujum Xalamishdagi Neva-Tsuy aholi punkti hududida ro‘y bergan.

Harbiylarning ma'lumotiga ko‘ra, hammasi bo‘lib to‘rt kishi jabrlangan: uch nafari halok bo‘ldi, bir kishi jarohat oldi.

Hujum qilgan shaxs o‘qqa tutilgan. Uning yaralangani yoki halok bo‘lgani noma'lumligicha qolmoqda. 

Israel Radio efirida xabar qilinishicha, hujum qilgan shaxs 19 yoshli falastinlik bo‘lib, u shu hududda istiqomat qilgan.

Avvalroq Turkiya va Isroil prezidentlari Al-Qudsdagi keskin vaziyatni muhokama qilishgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top