08:48 / 22.07.2017
6547

OAV: AQShda noqonuniy muhojir-o‘smirlarni deportatsiya qilish uchun reydlar boshlandi

Foto: Reuters

AQSh immigratsiya xizmati jinoiy guruhlar a'zolari hisoblanuvchi noqonuniy muhojir-o‘smirlarni ushlash va deportatsiya qilish uchun qator reydlarni o‘tkazish niyatida. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, xizmat AQShda yoshi kattalarning qaramog‘isiz yashovchi 16-17 yoshdagi noqonuniy muhojirlarni aniqlash niyatida.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, o‘smirlarning jinoiy guruhlarga aloqador ekanligini aniqlash uchun bir qator mezonlardan foydalaniladi, jumladan, tatuirovka va maxsus kiyim-kechaklar.

Avvalroq prezident Donald Tramp ma'muriyati Qo‘shma Shtatlarga bolalarni noqonuniy olib kirgan ota-onalar va boshqa yaqin qarindoshlarni hibsga olish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani xabar berilgandi.

Top