16:04 / 22.07.2017
8473

OAV: “Tolibon” yetakchisining o‘g‘li harbiylarga hujum chog‘ida o‘zini o‘zi portlatdi

“Tolibon” radikal guruhi yetakchisi Mulaviy Haybarullo Oxunzodaning o‘g‘li Afg‘onistonda harbiylarga hujum qilish paytida o‘zini o‘zi portlatdi. Bu haqda Reuters xabar qilmoqda.

23 yoshli Abdurahmon Xolid portlovchi qurilma bilan to‘ldirilgan avtomobil ruli bo‘lgan, transport vositasi Geresh shahridagi Afg‘oniston harbiy bazasiga borib urilgan.

Avvalroq “Tolibon”ning Qunduz viloyatidagi “gubernatori” yo‘q qilingani xabar berilgandi.

Top