18:16 / 22.07.2017
6623

Toshkentda marixuana moddasini saqlagan shaxs ushlandi

2017 yilning 16 iyul kuni ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Yunusobod tumani hududida o‘tkazilgan “Qoradori-2017” tadbiri davomida fuqaro Bahodir Yuldashevdan og‘irligi 4,19 gramm bo‘lgan «marixuana» giyohvandlik vositasi aniqlanib olingan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Top