13:09 / 22.07.2017
12243

O‘zbekistonlik 3 talaba BMT xalqaro tanlovi laureatiga aylandi

Foto: UN

Kecha BMTning Nyu-Yorkdagi bosh qarorgohida “Ko‘p tillar – bir dunyo” talabalar o‘rtasidagi insho tanlovida g‘alaba qozongan 60 laureatning nomi ma'lum qilindi.

Tanlovning birinchi bosqichida jahonning 170 davlatidan olti mingdan ortiq talabalar ishtirok etdi. Ular o‘z insholarini BMT rasmiy tillari: ingliz, arab, ispan, xitoy, rus va fransuz tillarida taqdim etishgan.

Natijada 60 g‘olib – har bir til bo‘yicha 10 nominant aniqlandi.

Rus tilidagi laureatlar orasida o‘zbekistonlik Nargiza Muxtorova, Sohib Saidov va Nigina Fayzullo qizi bor.

Tanlovning barcha g‘oliblari Xalqaro yoshlar forumiga borish huquqini qo‘lga kiritdi va kecha Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasi zalida chiqish qilishdi.

Top