19:20 / 22.07.2017
4797

Vengriya bosh vaziri YeIdan barcha noqonuniy muhojirlarni chiqarib yuborishga chaqirdi

Foto: Getty Images

Vengriya bosh vaziri Viktor Orban Ruminiyaning Beile Tushnad shahrida shanba kuni chiqish qilib, “Soros imperiyasi” vengriyaliklarning manfaatiga zarar yetkazayotgani va nafaqat Vengriya, balki butun Yevropani ham tahdid ostida qoldirayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Agerpres agentligi xabar tarqatdi.

Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Yevropaga musulmonlar dunyosidan millionlab muhojirlarni jalb qilish va ularni YeI davlatlari o‘rtasida taqsimlashni nazarda tutuvchi “Soros rejasi bor”. "Biz bu jarayonga xalaqit berishimiz mumkin, biroq bunda Yevroittifoq yana suverenitetga ega bo‘lishi, har bir ishtirok davlat esa – o‘z chegaralarini himoya qilishga qodir bo‘lishi lozim, - deya ma'lum qildi u. – Shunda biz migratsiya fenomeniga yakun yasab, noqonuniy kelgan barchani chiqarib yuborishimiz mumkin. Balki, bu keskin eshitilayotgandir, biroq muammoni boshqa yo‘l bilan hal qilish mumkin, deb o‘ylamayman".

Orbanning ta'kidlashicha, Vengriyada migratsiya oqimiga kuchli qarshilik ko‘rsatish, shuningdek, musulmonlar integratsiyalasha olmasligi bilan bog‘liq tashvish bor, sababi kuchli farqlar mavjud. 

Top