21:25 / 23.07.2017
32897

Birinchi qonuniy sovet millioneri olamdan o‘tdi

Birinchi sovet millioneri Artyom Tarasov 68 yoshida vafot etdi. Bu ma'lumot «Yabloko» partiyasi matbuot xizmati tomonidan tasdiqlangan.

Uning o‘limi sababi, qachon va qayerga dafn etilishi tez orada ma'lum qilinadi.

Artyom Tarasov o‘tgan asrning 80-yillarida  Moskvadagi «Texnika» kooperativini va  tashqi savdo bilan shug‘ullanuvchi «Istok» tashkilotlarini boshqargan. U sovet davlatining birinchi rasmiy millioneri sifatida mashhur bo‘lgandi. 1989 yilda u o‘zining «Texnika» kooperatividan 3 million rubl maosh olgandi.

1989 yili Tarasov Kooperativlar ittifoqi vitse-prezidenti sifatida Artyom haftalik gazeta chiqarish taklifini ilgari surdi. Keyinchalik ushbu gazeta negizda «Kommersant'» shakllandi.

Top