12:00 / 23.07.2017
9069

Hongkongga tropik po‘rtana yopirildi

Hongkongga «Roke» tropik po‘rtanasi yopirilishi natijasida paromlar harakati to‘xtatilgan, muassasalar, ofislar va savdo nuqtalari yopilgan. TASS bergan xabarga ko‘ra, Hongkong aeroportida o‘nlab aviareyslar qoldirilgan.

Mahalliy observatoriya ma'lumotiga ko‘ra, ushbu tabiiy ofat epimarkazi Hongongdan 40 km masofada joylashgan. Po‘rtana ayni vaqtda sekinlashgan va g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanmoqda. Meteorologlar tabiiy ofat kuchini 10 balldan sakkiz ballga baholashgan. Qayd etilishicha, po‘rtana Xitoy janubidagi Guandun va Makao provinsiyalariga ham ta'sir qilishi mumkin.

Top